Ayrim texnikumlarga bir yilda 2 marta qabul tashkil etish amaliyoti joriy etiladi, yirik korxonalar texnikumlarga biriktiriladi

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda viloyat hokimlari, oliy ta’lim vazirligi va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda har bir tuman, shahar kesimida bajariladigan ishlar ko‘rsatib o‘tildi. Unga ko‘ra:

- yirik ish beruvchilar va xorijiy korxonalar bilan muzokara olib borib, texnikumlarni yirik sanoat korxonalari va klasterlarga biriktirish;

- har bir viloyatda kamida 2 tadan texnikumda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish topshirildi.

Ayrim texnikumlarga bir yilda 2 marta qabul tashkil etish amaliyotini boshlash vazifasi qo‘yildi.

Bandlik vazirligiga o‘tayotgan 70 ta muassasa negizida monomarkazlar, shundan 25 tasini joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish shartligi qayd etildi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/1882), deya xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.