Badiiy gimnastika: Taxmina Ikromova Jahon chempionatida to‘rtinchi bo‘ldi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati nihoyasiga yetdi.

Musobaqada hamyurtlarimizdan Taxmina Ikromova shohsupaga juda yaqin keldi. Sportchimiz to‘p bilan mashqda 28.700 ball bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Mazkur yo‘nalishda uchinchi natijani ko‘rsatgan italiyalik Safiya Rafayelli esa 28.750 ball jamg‘ardi.

Eslatib o‘tamiz: Davlatimiz rahbarining 2025 yil 23 avgustda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra Taxmina Ikromova «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.