Bag‘dod kasalxonasidagi yong‘inda halok bo‘lganlar 28 kishiga yetdi
Bog‘doddagi COVID-19 bilan kasallanganlar kasalxonasida yong‘in qurbonlari soni 28 taga etdi, deya xabar bermoqda Dijlah telekanali.
Avvalroq Sky News Arabiya ushbu tibbiy muassasada 23 kishining o‘limi haqida xabar bergan edi.
"Al-Xatib kasalxonasida qurbonlar soni 28 kishiga o‘sdi, 50 nafardan ziyod kishi jarohatlangan. Bu raqamlar ortishi mumkin", deyiladi manbada.
OAV xabarlariga ko‘ra, yong‘in kislorod balonining portlashi va o‘limning aksariyati uglerod oksididan zaharlanish oqibatida kelib chiqqan.
Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kazemiy voqeani o‘rganish jarayonida bir qator kasalxona rahbarlarini hibsga olishga buyruq berdi.