Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Superog‘ir vazn toifasida mag‘lubiyat va murosasiz odimlayotgan charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangiga oid tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.

Hamyurtimiz 17 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga chiqishi kutilmoqda. Hozircha Bahodirga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. Tez orada bu borada rasmiy ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.  

Ma’lumot uchun: Ar-Riyoddagi boks oqshomining asosiy jangi aynan Jalolov vaznidagi chempionlar - britaniyalik Tayson Fyuri hamda ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasida kechadi. Fyuri WBC chempioni, Usik esa qolgan barcha kamarlar sohibi bo‘lib turibdi.