Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi Toshkentda o‘tkaziladi
- 13.10.2025 16:30
- 197
- Sport
Ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov navbatdagi jangini qachon o‘tkazish sanasi ham aniq bo‘ldi.
Liftpromotions ma’lumotiga ko‘ra, Jalolov 14 noyabr kuni "Humo Arena"da o‘tkaziladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi e’lon qilinmagan.
Ma’lumot uchun, o‘sha kungi boks oqshomida Shahram G‘iyosov va Lazizbek Mullajonov ham ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 6 oktyabr kuni Sankt-Peterburgda rossiyalik Vitaliy Kuduxovni ochkolar evaziga mag‘lub etgandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Пахтачи фарзандлари
- 30 daqiqa avval
- Mutolaa
Ma’naviyatli jamiyatda adolat ustun bo‘ladi
- 31 daqiqa avval
- Jamiyat