Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Paxtachida o‘tkazilishi e’lon qilingan sayyor qabuli nega qoldirildi?

3 avgust kuni saytimizda joriy yilning 7 avgustida Paxtachi tumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan hududlarda fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotni kengaytirish, aholi muammolarini o‘rganish va bandlikka ko‘maklashish maqsadida ommaviy sayyor qabul o‘tkazilishi haqida viloyat bandlik bosh boshqarmasining e’lonini bergan edik.

Shuningdek, ushbu tadbirda ishtirok etish uchun taklif ham olgandik. Kecha 6 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida ham sayyor qabul belgilangan vaqtda o‘tkazilishi haqida xabar keldi. Ammo tunda, soat 21:00 larda viloyat bandlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi telefon qilib, tadbir boshqa kunga qoldirilganini aytdi.

Bizni-ku ogohlantirishdi. Ammo sayyor qabulga bormoqchi bo‘lgan odamlar-chi, ularga qabul qoldirilgani haqida xabar berildimi? Tunda-ya?