Baxt gormoni: Shokoladning foydali xususiyatlari va asl mahsulotni tanlash usullari

Shokolad Yevropada birinchi marta XVI asrda, Kristofer Kolumb o‘zining mashhur sayohatidan qaytib, o‘zi bilan kakao loviyasi olib kelganida paydo bo‘lgan. Shundan keyin shokolad dunyo bo‘ylab tarqalib, keyinchalik barchaning sevimli yeguligiga aylandi.

Shokoladning qanday foydasi bor?

Shokoladning sadomatlik uchun foydali yoki zararli ekanligi haqidagi munozaralar juda uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Olimlar shokoladning bir qator foydali tomonlarini isbotladilar.
1. Shokolad kayfiyatni yaxshilashini hamma biladi - bularning barchasi kakao loviyalarida mavjud bo‘lgan dofamin, serotonin va feniletilamin baxt gormonlari tufayli.
2. Shokolad mushaklarni kislorod bilan to‘yintirishga yordam beradi, bu bizni yanada chidamli qiladi va mashg‘ulotlardan keyin tezroq tiklanishga yordam beradi.
3. Qora shokoladni (kakao miqdori 70 foiz va undan yuqori) muntazam iste’mol qilish yurak xastaligi xavfini kamaytirishga va qon tomirlarini mustahkamlashga yordam berar ekan.

Shuningdek, u xolesterindan xalos bo‘lishga yordam beradi, insult, aritmiya va yurak etishmovchiligi xavfini kamaytiradi.

5. Qanchalik hayratli bo‘lmasin, shokolad diabetning oldini olishga yordam beradi, deyishmoqda mutaxassislar.
6. Shokolad tarkibida oshqozon osti bezi ishiga yordam beruvchi antioksidantlar mavjud, miya faoliyatiga ham yaxshi ta’sir qiladi.

7. Alsgeymer kasalligi rivojlanishining oldini olishga yordam beradi, xotirani mustahkamlaydi.

8. Shokolad ichak yallig‘lanishida shifo beradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, jigarga yaxshi ta’sir qiladi, shuningdek, terini zararli quyosh nurlaridan himoya qilishga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi va homilador ayollar uchun foydalidir.

Tabiiy shokoladning ba’zi vizual belgilari:

1. Kichkina shokolad bo‘lagi kaftda 20 soniya ushlab turilganda erisa u tabiiy, agar erish sodir bo‘lmasa, tabiiy kakao yog‘i arzonroq boshqa turdagi yog‘ bilan almashtirilgan. Tabiiy shokolad +32 ° C da erishi zarur.

2. Bir bo‘lak shokoladni bir stakan sutga soling. Agar u cho‘kib ketsa - tabiiy, sut yuzasida suzib yursa, sun’iy qo‘shimchalar mavjud.

3. Bir bo‘lak shokoladni muzlating. Yuzasi oqish rangga kirishi tabiiylik belgisi.

4. Qora shokoladni olovga tutganda u erishi zarur, yonmasligi kerak. Agar shokolad yona boshlasa, u sara sifatga ega emas.

Darvoqe, quyultirilgan sutga shokolad aralashtirish bilan sutli shokolad ixtiro qilingan. Ushbu ixtiro mualliflaridan biri Genri Nestle bo‘lib, dunyodagi eng mashhur brendlardan biri uning nomi bilan atalgan. 

Meksikaliklarning an’anaviy xalq tabobati dori sifatida shokoladdan foydalanadi.