Baxtli odam bajarayotgan yumushidan uyalmaydi, hech kimga hech narsani taqiqlamaydi
Baxtli odamlar boshqalar uchun qiziqarli tuyulmaydi. Ular og‘ir tabiatli bo‘lib ko‘rinishi ham mumkin.
Birinchidan, baxtli odamni xafa qilish oson ish emas. Ular shaxsiy erkinligi ustida ishlaydi va bajarayotgan yumushlaridan uyalmaslik kerakligini biladi.
Ikkinchidan, baxtli inson hech kimga hech narsani taqiqlamaydi. Masalan ko‘chada, qo‘lida katta buterbrod yeb ketayotgan kishini ko‘rsa, unga yoqimli ishtaha tilab, yo‘lida davom etadi. Ular har qanday vaziyatda ham doim qulay yo‘l borligini biladi. Ular bilan bir to‘lqin uzunligida bo‘lmaganlarga vaqt sarflamaydi.
Uchinchidan, baxtli inson hech qachon boshqalardan hech narsa kutmaydi. Ular ertangi kuni bugungidan yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Vaziyatni hushyorlik bilan baholaydi. Nimaga ta’sir o‘tkaza olishi va nimaga ta’sir qila olmasliklarini tushunadi.
To‘rtinchidan, baxtli odamlar doimo aqlli va chiroyli odamlar bilan do‘stlashadi. Chunki ularning muhitida hamma odamlar shunday. Soxta do‘st va ahmoq kishilardan yiroq yuradi. Ular faqat o‘zi ustidan kuladi, kulgi murakkabliklarni yengillashtirishini, qo‘rquvlarni kichiklashtirib katta kuch berishini biladi.
Beshinchidan, baxtli odamlarga 30 yoshgacha mansabga birovning yordami bilan erishish emas, balki o‘zlari uchun qaror qilgan va yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish uchun imkoniyat izlash muhim.
Oltinchidan, baxtli odamga ko‘p narsaga ehtiyoj yo‘q. Ular kino yulduzi, millioner, rassom yoki model emas, oddiy hisobchi sifatida ishlashlari bilan murosaga keladi. Ular qo‘rquvni yengib, karaokeda qo‘shiq aytish, rasm chizish, konkida uchish uchun sahnaga chiqadi. Chunki ular musiqa, rasm, sport va teatrni yaxshi ko‘radi va bularning barchasini eplashni xohlaydi.
Yettinchidan, baxtli odamlar boshqalarni o‘zining dushmani deb bilmaydi. Ular dunyo muazzamligini va bu dunyoda 8 milliard odam yashashini, aniqki, bu insonlarning hammasi sizni yomon ko‘rmasligini anglaydi. Baxtli odamlar barcha mafkuraviy, irqiy va diniy ziddiyatlar ortida mas’uliyati past odamlar turganligini biladi.
Sakkizinchidan, baxtli inson eng avvalo, o‘ziga ishonadi. Ularga kimningdir mukofot olgani, oylik maoshi yoki kimningdir o‘z blogida millonlab obunachilarni to‘plaganligining ahamiyati yo‘q. Ular o‘z ishi bilan band. Faqat o‘zlariga yoqqan, yoqtirgan narsalarini qiladi va nima uchun qilayotganini biladi.
To‘qqizinchidan, baxtli odamlar doimo sodda bo‘ladi. Ular doimo kunlik vazifalarini bajaradi. Shunchaki, pul ishlaydi, betob bo‘lib qolsa, shunchaki shifokorga murojaat qiladi, buyum ta’mirtalab bo‘lsa, tuzatadi, tuzatishning iloji bo‘lmasa, tashlab yuboradi. Hayotdagi qiyinchiliklarni, muvaffaqiyatsizliklarni va bajarilmagan maqsadlarini bekor qilmaydi.
O‘ninchidan, baxtli odamlar avvalo, o‘z vijdoni bilan halol munosabatda bo‘ladi. Ular birinchi navbatda, o‘zlari bilan uyg‘unlikda yashaydi, shundan keyingina boshqalar bilan qiziqishadi. O‘zining kichik dunyosini har kuni yaxshi tomonga o‘zgartiradi, boshqa odamlar ularga qo‘shiladi va ular birgalikda tarixni o‘zgartiradi. Ular “yo‘q” deyishdan qo‘rqmaydi, adolatsizlikka toqat qilmaydi, kuchsizlarni tashlab qo‘ymaydi, kuchlilarga hasad qilmaydi, ular shunchaki baxt og‘ushida yashaydi.
Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.