Baxtning siri - ayolda, ayol qadri - erining roziligi, uyining tinchligida

Televizorda bir kampir bilan suhbat ketyapti. Onaxon umr yo‘ldoshi bilan ellik yil baxtli hayot kechirgan ekan. Jurnalist qiz undan baxtining siri haqida so‘radi:

Buning sababi ovqat tayyorlashdagi mahoratmi yo go‘zallikmi? Yoki farzand dunyoga keltirishmi?
Kampir dedi:
- Eru xotinning baxti Allohning tavfiqidan so‘ng asosan xotinning qo‘lidadir. Ayol kishi uyini jannatga ham, do‘zaxga ham aylantirishi mumkin. Inson faqat molu dunyo bilan baxtiyor bo‘la olmaydi. Ko‘pgina badavlat ayollarni bilaman. Ular baxtsiz. Turmush o‘rtog‘idan yashirinib yuradi. Yaxshi ovqat tayyorlash ham baxt bera olmaydi. Ko‘pgina oshpaz ayollarni bilaman. Ularning hayotiga chidab bo‘lmaydi. Go‘zallik ham baxt bera olmaydi. Ko‘p go‘zallarni erlari taloq qilgan. Farzand tug‘ish ham baxt bera olmaydi. Ko‘pgina serfarzand ayollarni bilaman. Ular ham baxtsiz. Jurnalist qiz ajablanib so‘radi:
- Unda baxtli bo‘lishning siri nimada?
Kampir dedi:
- Erimning jahli chiqqanda mutloq ehtirom bilan sukut saqladim. Boshimni xam qildim. Sukut saqlaganingizda, sukutingiz zamirida masxaralash bo‘lmasin. Erkak kishi ziyrak bo‘ladi. Uni darhol ilg‘aydi!
- Shunaqa paytda xonadan chiqib ketsangiz bo‘lmaydimi?
- Zinhor bunday qila ko‘rma. Bunday qilsang, uni tinglashni istamayotganingni bilib qoladi. Sen jim tur. Erim tinchlanguncha har bir aytgan gapini ma’qullab turaman. Gapini tugatgandan so‘ng chiqishga izn so‘rayman. So‘ngra chiqaman. Chunki u baqirganidan keyin dam olishi kerak. Chiqib uy ishlarini tinchgina bitiraman.
- Unda keyin nima qilasiz? Bir-ikki hafta uning oldiga kirmaysizmi?
- Hargiz bunday qila ko‘rma. Bu ikki tomonni ham kesadigan xanjar kabidir. Suhbatingga muhtoj bo‘lib turganda, sen undan uzoklashsang, u sendan uzoklashishga ko‘nikib qoladi. Natijada qaysar va talabchan bo‘lib koladi!
- Keyin nima kilasiz?
- Birozdan so‘ng bir stakanda sharbat yoki qahva olib kiraman. Unga: «Marhamat, buni ichib oling, - deyman. U mendan: «Achchiqlandingmi?» deb so‘raydi. Men: «Yo‘q», deyman. U uzr so‘raydi va muloyim gaplar bilan ko‘nglimni ola boshlaydi.
- Siz uning gaplariga ishonasizmi?
- Albatta! Nega endi g‘azabi chiqqanda unga ishonib, g‘azabdan tushganda ishonmasligim kerak?
- Qadringiz-chi?
Kampir dedi:
- Qadrim erimning roziligida, uyimning tinchligida!

Manba