Bayram sabab oylik kechiktirilishi mumkinmi?

Mehnat kodeksiga asosan ish haqi to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi.

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.