Behbudiy bizni kechirarmikan?
Mulohaza
Hayotiy tajribamda davlatning ikki xil tizimida ko‘p o‘zgarishlar, yaxshisiga ham, yomoniga ham guvoh bo‘ldim. Vaziyatdan chiqish maqsadida shoshilinch tadbirlar ko‘rilgani, turli eksperimentlar o‘tkazilgani ham bor gap.
Faqat xalq bilan maslahatlashib, yetuk mutaxassislar, hatto xalqaro ekspertlar xulosasini olib yaratilgan Harakatlar strategiyasida men chinakam xalqparvar konsepsiya va real amaliyotni ko‘rdim. Bu strategiyaning bosqichma-bosqich, uzluksiz va mushtarak amalga oshishi hayotimizning barcha jabhalarida islohotlarning izchil borishini ta’minlayapti. Darvoqe, buni bilish qiyin emas.
Istagan soha xodimi qo‘liga qalam olib, keyingi uch-to‘rt yil ichida o‘z faoliyatiga xalaqit bergan va olib tashlangan (bekor qilingan) byurokratik to‘siqlarni sanab chiqishining o‘zi kifoya. Ikkinchi ro‘yxatga barcha kasb egalari, xususan, tadbirkorlarga berilgan imtiyoz, imkoniyat, yangiliklarni kiriting. Endi odilona baho bering: sal oldinroq bunday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilganmisiz?
Pandemiya juda katta shijoatimizga baribir salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunki global muammolar hamisha insoniyatni shunday sinovga duchor etadi. Biroq O‘zbekiston rahbariyati ana shu vaziyatda ham o‘zi boshlagan keng qamrovli islohotlar yo‘lida sobit turdi va turyapti ham. Xo‘sh, bu sobitlikni biz nimada ko‘rishimiz mumkin?
Birinchidan, xalqaro talab – pandemiya sharoitida karantin shartlarini to‘kis-tugal bajarish. Virusdan himoyalanish va kasallikni davolashda xalqaro yordam barobarida ichki imkoniyatlardan foydalanish.
Ikkinchidan, xorijdagi hamyurtlarimizni olib kelish.
Uchinchidan, xorijda tahsil olayotgan yoshlarni avtomatik tarzda mahalliy oliy ta’lim muassasalari (OTM)ga ko‘chirish, OTMlar o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash. Onlayn darslar uchun sharoit yaratish. Pandemiya davrida olimlar, muallimlar ijtimoiy himoyasini ta’minlash.
To‘rtinchidan, elektrostansiyalar quvvatini oshirish, sayyohlik zonalarini barpo etish. Qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda klasterlar tizimini shakllantirish.
Beshinchidan, eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash. To‘qimachilikda brendlar yaratishga kirishish. Pilla hosilini to‘la qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish.
Oltinchidan, zamonaviy uy-joylar qurish. «Obod qishloq», «Obod mahalla» loyihalarini ro‘yobga chiqarish. Arxiv, statistika tizimini qayta tashkil etish. San’at va madaniyatdagi yangi tartib-qoidalar. Bojxona va standartlashtirishdagi yangiliklar. Oila va mahalla tizimini takomillashtirish. Barcha sohada elektron ma’lumot bazasini yaratishga kirishish.
Yettinchidan, sud-huquq tizimidagi o‘zgarishlar. Yoshlar parlamentlarini shakllantirish. Xususiy mulkni kafolatlash.
Xalq tili bilan aytganda, og‘zimizdan chiqqan istagimiz o‘rganilib, tahlil qilinib, muhayyo etilayapti. Hatto xorijda ishlovchilarni mamlakatda bepul kasbga tayyorlash, ularga chetda qulay sharoit yaratish choralari ham belgilab berildi.
Keling, odilona tahlil qilaylik, joriy yilning qariyb 240 kuni o‘tdi. Xalqiga kuyunchaklik bilan mehribonlik qilayotgan Prezident deyarli har kuni rahbarlardan ahvolimizni so‘rab turganini ko‘ryapmiz. Joylarga borib, aholi ahvolidan xabar olishga, yangi loyihalar ijrosi bilan tanishishga, deyarli har kuni bugun hayotimiz uchun zarur biron sohani tahlil qilishga imkon topayapti. Har gal nutqini bir xil yakunlaydi: «Biz xalqimizni pandemiyadan eson-omon olib chiqishimiz, ish bilan, yaxshi hayot bilan ta’minlashimiz kerak. Davlat bu yo‘lda hech narsani ayamaydi».
Endi, o‘zingizning faoliyatingizga sal chetdan bir nazar soling. Ertalabdan kechgacha nima ishni rejalashtiryapsizu, nimalarga erishyapsiz? Qariyb 240 kunlik umringizni nimalarga sarfladingiz? Kimga yordamingiz tegdiyu, kim sizdan nima ibrat oldi?
Men bu savolni bejiz o‘rtaga tashlamadim. Unga beriladigan javob har birimizning hayotga nuqtai nazarimizni belgilaydi. Unga javob orqali mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatini anglaymiz.
Tan olmoq lozim, dunyoni, atrofdagi voqealarni anglash doimo oson kechgan emas, kechmaydi ham. Negaki, unda har kim o‘z manfaatini axtaradi. Bunday paytda turfa qarashlarning, talablarning bo‘lishi tabiiy. Aytaylik, ikki mansabdor bir-biri bilan o‘chakishadi, kimdir lavozimidan ajraladi, kimdir yillar davomida oqib kelgan daromadidan mahrum bo‘ladi. Qaysidir noshud rahbar ishga bechora yoki yaxshi mutaxassisni emas, qarindoshi yoki sovg‘a berganni oladi. Kimdir oilaviy kelishmovchilikdan aziyat chekadi. Kimningdir esa qisqa muddatda zamona qahramoniga aylangisi kelib qoladi.
Xullas, hamma davrda ham, hamma tizimda ham, hamma davlatda ham farovonlikka erishishda kamchilik va qarama-qarshi manfaatlar birga yuradi. Bu haqiqatdan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Xuddi ana shu nuqtada millatning qaymog‘i – ziyolilar zimmasiga katta mas’uliyat tushadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatyaptiki, millat fidoyilari aholini to‘g‘ri yo‘lga boshlashda, odamlarning o‘z taqdiri uchun mas’uliyatini oshirishda katta kuchga ega. Zero, millat tarixida jadid bobolarimiz bunday jasoratni ko‘rsata olishgan.
Ana shu jarayonga dunyoviy nuqtai nazardan qarab ko‘raylik. Jadidlar dehqon yoki chorikor emas, o‘ziga to‘q insonlar farzandlari, ilmli, fikrli kishilar bo‘lishgan. Ular jamiyatga teran ko‘z bilan qarashgan. Bu qarashlarni nimalarda ko‘rishimiz mumkin?
Ular paytida ham nohaqlik yetarli bo‘lgan: kimningdir yeri tortib olingan, kimdir nohaq qamab yuborilgan. Lekin ular bunaqa jabr ko‘rganning qo‘lidan ushlab, idorama-idora yugurmagan. Muammoning sababini qidirgan. Chunki jamiyatdagi kamchilikni aytib «uvvos» solish qahramonlik emas, jaholat ekanini anglab yetishgan.
Ular millatni ma’rifatli qilish hisobigagina yaxshi hayot qurish mumkin, deb o‘ylagan. Natijada millat bolalari uchun zamonaviy maktab qurishgan, alifbodan tortib barcha darsliklargacha o‘zlari yozgan, chop etib, maktablarga berishgan. Buning uchun til o‘rganishgan, qo‘llanmalarni tarjima qilishgan. Iqtidorli bolalarni xorijga o‘qishga yuborishgan.
Chor hukumati ular ochgan gazetani necha marta yopib qo‘ysa, yana shuncha marta boshqa nom bilan chiqaravergan: qiynaldik, deb «dod-voy» qilishmagan. Dunyodagi ahvolni tahlil qilib, odamlarga siyosat mohiyatini tushuntirishgan. Uylarini, hovlisini maktabga bo‘shatib berishgan. Bizda esa professorning oylik maoshini 15 million so‘mga oshirib qo‘yishsa-da, yana pora olyapmiz, ta’na qilyapmiz. Muallimlarga pandemiya sharoitida oylik maoshini saqlab turib, tag‘in moddiy yordam ko‘rsatilsa-da, ularning ayrimlari bir-birining ustidan (ehtimol, bekorchilikdandir) mag‘zava to‘kib, arizabozlik qilib yurishibdi. Ularni Shakuriy, Avloniy avlodlari deyishga tilim bormaydi.
Gazeta taxlamlarini varaqlayman. Jadidlar maqolalarini o‘qiyman. (Nadomatlar bo‘lsinkim, aksariyat ziyolilarda bunga vaqt, hafsala, ishtiyoq topilmayapti). Biror joyida nolish yo‘q. Millatni ma’rifatga, birlashishga chorlashadi. Misol uchun, Mahmudxo‘ja Behbudiyning qozoq birodarlarga maktubini oling. Biz esa sal mansab yoki manfaat tegmasa, millatchilik qilishdan uyalmayapmiz. Eng yomoni, jamiyatimizda o‘zini oqlashga urinish degan illat tarqaldi. E’tirozni qabul qilish o‘rniga, muammo chetda qolib, fikr bildirgan odamni yomon ko‘rishni o‘rgandik. Rahbarni tanqid qilib, «obro‘» orttirishni o‘rgandik.
Bugun jamiyatda muloqot, munozara, bahs uchun hamma sharoit yaratilgan. Ijtimoiy tarmoqlardan tashqari, davlat teleradiokanallari, gazetalari ham barchaga birdek ochib qo‘yildi. Ammo hamon bu minbardan hayotda omadi chopmagan yoxud haqiqatdan ham adolatsizlik tufayli jabr ko‘rganlar ovozini eshityapmiz. Haqiqiy ziyolilar ayni shu sharoitda aholiga davlat siyosatining mohiyatini tushuntirib, odamlarni illatlarga qarshi hamkorlikka chorlashi, xalqdagi bunyodkorlik xislatini kuchaytirishga xizmat qilishi kerak emasmi? Vaholanki, ongu shuurimizdagi, turmush tarzimizdagi qusurlarni gap bilan, va’da bilan bir kechada bartaraf eta olmasligimizni bilamiz-ku! E’tiroz bildirayotganlar yoniga kirib, bugungi siyosat mohiyatini tushuntirib, muammosini yengillatishga yordam bersak bo‘lmaydimi?!
Mahmudxo‘ja Behbudiy «Muallim ila muharrir millatning ikki qo‘lidur» degan edi. Samarqandlik yana bir adabiyotchi Saydulla Mirzayev «Olim va ziyoli – millat ma’naviyatining yuzi» deb yozgan. Ziyoli faqat muallim va olimgina emas, bugun shifokoru injener, quruvchi, hatto talaba ham ziyoli.

Katta kuchmiz. Shunday paytda har birimiz o‘z oilamizda, mahalla va jamoamizda odamlarga Yangi O‘zbekistonda qilinayotgan ishlar, Yangi O‘zbekiston ko‘zlayotgan marralar haqida gapirsak, Vatan haqida tasavvurimiz yanada yorqin, ma’naviyatimiz esa boy bo‘ladi, deb o‘ylayman. Nima deysiz, aziz ziyolilar?
Farmon TOShEV,
jurnalist.