Grenlandiya masalasida Tramp Daniya bilan yana bahsga kirishdi. Turkiya qurolli kuchlari yuqori shay holatga keltirildi
🔹 AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani qo‘lga kiritish g‘oyasiga yana bir bor qaytdi va bu harakatni G‘arbiy yarimsharda Amerika ta’sirining strategik kengayishi sifatida baholadi. Tramp ma’muriyati allaqachon Daniya rasmiylarini dunyodagi eng katta orolni sotib olish masalasi jiddiy kun tartibiga qo‘yilgani haqida ogohlantirgan.
🔹 Gruziya poytaxtidagi brifingda Zurabishvili “prezident vazifalarini” bajarishda davom etishini ma’lum qildi. Gruziya 2024 yil 26 oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng siyosiy inqiroz girdobida qolishda davom etmoqda, muxolifatning fikricha, saylov natijalari soxtalashtirilgan. 2024 yil oxirida Gruziyada yangi tizim bo‘yicha prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi: birinchi marta davlat rahbarini aholi emas, balki 300 nafar vakildan iborat saylovchilar kollegiyasi sayladi. Prezident Salome Zurabishvili saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi.
🔹 Amerikalik milliarder Ilon Mask Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmerni iste’foga chiqarish uchun mamlakat siyosiy sahnasiga ta’sir qilish yo‘llarini faol ko‘rib chiqmoqda.
🔹 Armaniston hukumati mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini boshlash haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
🔹 Turkiya qurolli kuchlari Suriyadagi ehtimoliy harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yuqori shay holatga keltirildi.
🔹 Los-Anjeles hududida yonayotgan o‘rmon yong‘inlari chorshanba kuni Gollivud hududiga tarqaldi. An’anaviy tarzda “Oskar” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadigan Dolbi teatri ham evakuatsiya zonasida. Shu munosabat bilan kelasi haftaga rejalashtirilgan tadbir ikki kunga qoldirildi. Bayden favqulodda holat e’lon qildi. U shu sababli Italiyaga tashrifini qoldirgan.
🔹 Chad poytaxtida prezident saroyiga uyushtirilgan hujumda kamida 19 kishi, jumladan 18 nafar terrorchi halok bo‘lgan.
🔹 Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Donald Trampning Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb qayta nomlash haqidagi taklifiga izoh berdi. Sheinbaum Shimoliy Amerikani Meksika Amerikasi deb belgilagan XVII asr dunyo xaritasini ko‘rsatdi. U Donald Trampning so‘zlariga ishora qilib, "Nega AQShni Meksika Amerikasi demaymiz? Bu yoqimli eshitiladi, shunday emasmi?", dedi va ayni paytda AQShga tegishli bo‘lgan sobiq Meksika hududlarini ham eslatib, ularni qaytarishni taklif qildi.