Belarus: Gretsiya havo qatnovini yopdi, Litva harbiylari chegarani tark etishdi
Belarusning Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etishi mumkinligi haqidagi xavotirlar kuchayishi fonida Gretsiya Belarusdan aviatsiya parvozlari uchun havo hududini yopdi va mamlakatga parvozlarni taqiqladi. Bu haqda chorshanba kuni Gretsiyaning pentapostagma.gr. portali xabar berdi.
Tegishli hujjatda aytilishicha, Gretsiya aviatashuvchilari va samolyot kapitanlari agar kutilmagan vaziyatlarda xavfsiz ishlashni ta’minlash uchun ushbu havo bo‘shlig‘idan foydalanish zarur deb hisoblanmasa, Belarus mintaqasiga uchmasligi kerak.
Departament, shuningdek, Belarus aviatashuvchilari tomonidan boshqariladigan samolyotlar "Yunoniston Respublikasi hududiga qo‘nishi, undan ko‘tarilishi yoki ustidan uchishi taqiqlangan"ligini ta’kidlagan. Favqulodda, gumanitar va tibbiy samolyotlar bundan istisno.
***
Litva harbiylari Belarus bilan chegarani doimiy himoya qilishni to‘xtatdi. Zarurat yuzasidan davlat chegara xizmatini qo‘llab-quvvatlash uchun tezkor guruhlar tuzildi. Bunday qaror to‘siq qurilishi va xavfsizlik tizimlari o‘rnatish bo‘yicha ishlarning yakuniy bosqichi munosabati bilan qabul qilindi. Loyiha yil oxirigacha to‘liq amalga oshirilishi kerak.
Chegara xizmati chegarani kesib o‘tishga urinishlar to‘xtamayotganini da’vo qilmoqda. Kuni kecha Litva tomoni belaruslik chegarachilar noqonuniy muhojirlarga Litvaga kirishda yordam berayotgani haqida video tarqatdi.
Litva Milliy gvardiyasi o‘tgan yozda migratsiya inqirozi boshlanganidan beri Belarus bilan chegarani qo‘riqlashda chegarachilarga yordam bermoqda. Avgust oyidan beri 19 mingdan ortiq muhojir Litvaga kiritilmagan. Hukumat muhojirlar oqimini Belarus rejimining "gibrid hujumi" deb atamoqda.