Belarus: voqealar rivoji. Muholifatchilarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Kreml Belarus muholifati bilan muloqotga kirishish taklifini rad etdi. Rossiyani Belarus muholifati bilan muloqotga kirishi, mamlakatning ichki muammolariga aralashuvi sifatida baholanadi, muzokaralar mamlakat ichida amalga oshirilishi lozim. Bu haqda 20 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Bu borada biron bir fikr bildirishdan biz saqlanamiz. Yana bir bor takrorlayman, Belarus ichidagi muammolarni mamlakat hukumati, norozi tomon bilan suhbat o‘tkazgan holda hal qilishi kerak. Biz ushbu noroziliklarga shak-shubhasiz aralashmaymiz, ayniqsa, hozirgi qaltis vaziyatda”, - dedi Peskov jurnalistlarga.
Belarus muholifatining Muvofiqlashtirish kengashi (MK), o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan qayta saylovlarda amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko nomzodi ishtirokini muhokama qilib ko‘rishi mumkin. Bu haqda MK a’zosi Pavel Latushko RIA Novosti nashriga ma’lum qildi.
Latushkoning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenkoni qayta saylovlarda ishtirok etishi, MK tomonidan muhokama qilinmagan. “Yangi saylovlar – bu birinchi raqamli masala va Belorus jamoatchiligi a’zolarining ko‘pchiligi amaldagi hokimiyat iste’fosi tarafida”, - ma’lum qildi u.
Belarusda, muholifatning Muvofiqlashtirish kengashi ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda 20 avgust kuni mamlakatning Bosh prokurori Aleksandr Konyuk ma’lum qildi.
“Muvofiqlashtirish kengashining tashkil ettirilishi va uning faoliyati davlat hokimiyatini egallashga, shuningdek Belarus Respublikasining milliy xavfsizligiga rahna solishga qaratilgan. Mazkur holat yuzasidan (Belarus) Jinoyat kodeksining 361 - moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, - ta’kidladi Bosh prokuror.
MK ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganidan so‘ng, ularga bosim o‘tkazilishini oldini olish maqsadida MK a’zolari ro‘yxati kengash saytidan olib tashlandi, deyilgan MK saytida.
AQSh Belarus hukumatini aholi bilan suhbat o‘tkazishga chaqirmoqda, shu qatorda muholifat tomonidan tashkil etilgan MK orqali ham. Bu haqda 20 avgust kuni AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi.
“Biz Belarus hukumatini aholi bilan faol suhbat olib borishga chaqiramiz, shu qatorda yaqinda tashkil etilgan milliy Muvofiqlashtirish kengashi orqali ham. Ushbu muzokaralar Belarus kelajagi va rivoji uchun, xalq talabini ko‘rsatishi lozim”, - dedi Pompeo.
Belarus muholifati qurolli kuchlar vakillarini xalq tomonga o‘tishga chaqirdi. MK video lavha e’lon qildi, unda hukumatga qarshi tomon, qurolli kuchlar vakillarini muholifat tomonga o‘tishga chaqirgan. MK huquqni muhofaza qilish xodimlariga pul, uy, moddiy va ma’naviy yordam taklif qilgan.
Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko 20 avgust kuni, respublikada ish tashlashga chaqiriqlardan maqsad, ishchilar va davlat o‘rtasidagi ziddiyatni yuzaga keltirish ekanligini ta’kidladi.
“Davlat tashkilotlarini qo‘zg‘atishga harakatlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni... ishchilar va davlat o‘rtasidagi ziddiyatni yuzaga keltirishga harakat qilinmoqda”, - dedi Golovchenko.
Prezidenlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya 21 avgust kuni yana video murojaat yo‘lladi, u katta tashkilot ishchilarini ish tashlashda davom etishga chaqirdi.
“Qadrdon belaruslarim, “Belaruskaliya”, “MTZ”, “Grodnoazot” va boshqa tashkilot ishchi xodimlari, siz – yangi, ozod Belarus ramzisizlar... Belarus kelajagi, demak farzandlarimiz kelajagi ham sizning birdamlik va qat’iy qaroringizga bog‘liq. Shu sababli sizlardan ish tashlashni kengaytirishni so‘rayman”, - deyilgan murojaatda.
Tixanovkaya tadbir maqsadi siyosiy mahbuslarni ozod etilishi va yangi saylovlar o‘tkazilishida ekanligini ta’kidlagan.
Xavfsizlik yuzasidan Litvaga ketgan Tixanovskaya, o‘zini xavfsiz his qilganda Vatani Belarusga qaytishini ma’lum qildi.
“Men o‘z Vatanimni telbalarcha sevaman, men judayam qaytgim kelyapti va o‘zimni xavfsiz his qilganimda albatta u yerga qaytaman”, - dedi u o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
21 avgust kuni, Belarus muholifatining Muvofiqlashtirish kengashi a’zolari Maksim Znak va Sergey Dilevskiy, Tergov qo‘mitasiga yetib keldilar. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.
MK a’zosi Znak, jinoiy ishda guvoh sifatida chaqirilganini ma’lum qildi.
Dilevskiyning so‘zlariga ko‘ra, kim sifatida chaqirilgani unga noma’lum, biroq u “shunchaki suhbatlashishga chaqirganlarini” qo‘shimcha qildi.
Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.