Belarusda ekstremizm uchun fuqarolikdan mahrum qilinadi
Belarus hukumati ekstremizm yoki davlat manfaatlariga katta zarar yetkazganligi uchun respublika fuqaroligidan mahrum etishni boshlaydi. Bu fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarda aytilgan, deb xabar beradi "Sputnik Belarus".
Ayblanuvchining terrorchilik faoliyatini tasdiqlovchi sud yoki xalqaro sud qarori pasportdan mahrum etish uchun asos bo‘ladi.
Bunday faoliyatga Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida ko‘zda tutilgan, "yollanma", "noqonuniy qurolli tuzilma tuzish", "fitna uyushtirish va hukumatni egallashga qaratilgan boshqa harakatlar" kabi jinoyatlar kiradi.
Tuzatishlar 2021 yil 18 iyundan e’tiboran kuchga kirishi kerak. Ular Belarusda fuqarolikni rasmiylashtirish tartibidan o‘tgan chet elliklarga tegishli. Voyaga yetmaganlar, shuningdek, tug‘ilgandan Belarus fuqaroligini olgan va hech qachon uni tark etmagan kishini pasportdan mahrum etish mumkin emas.
Belarusda to‘rt oydan buyon prezidentlik saylovining rasmiy natijalariga binoan ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Saylovda oltinchi muddatga saylangan Aleksandr Lukashenko 80 foiz ovoz oldi. Birinchi mitinglar zo‘ravonlik bilan tarqatildi. Bir qator muxolif siyosatchilar hibsga olingan. Lukashenko sodir bo‘layotgan voqealar ortida G‘arb turganini ta’kidladi.