Berdimuhamedov Ashxobodda Velosiped monumentini ochib, velopoygada qatnashdi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxoboddagi Velosiped monumentini ochib berdi, deb xabar berdi Sputnik nashri.

Ochilish marosimidan keyin Prezident ishtirokchilar bilan birga 12 kilometrlik velopoygada qatnashgan.

Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z nutqida ekologik va qiziqarli sport turi bo‘lgan velosiped sporti davlat aholisining salomatligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashini, shunga ko‘ra, mamlakatda velosport bilan shug‘ullanuvchi odamlar soni ortib borayotganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun 3 iyun – Butunjahon velosiped kuni.