Bergan ham, olgan ham jazolanadi
Angliyaga ketish uchun ikki nafar qo‘shrabotlikni chuv tushirgan, unga pullarini qo‘shqo‘llab topshirganlar bo‘yicha ish ochilgan.
Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Aniqlanishicha F.U. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborishini aytgan. Buning evaziga ularning 2 500 AQSh dollari va 2,5 million so‘m pulini qo‘lga kiritgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.