Berlinda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ism – Muhammad

2018 yilda Germaniya poytaxti Berlinda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ism Muhammad bo‘ldi, deya xabar bermoqda Islam.ru ga tayanib azon.uz.

Germaniya til jamiyati (Gfds) o‘tkazgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili Berlinda tug‘ilgan 22177 nafar o‘g‘il bolaning 280 nafariga Muhammad ismi berilgan.

Eng ko‘p tanlangan ismlar ro‘yxatining ikkinchi o‘rnida Luis (244 chaqaloqqa qo‘yilgan), uchinchi o‘rinda esa Emil (234 chaqaloqqa qo‘yilgan) bor.

Bundan tashqari, Bremen shahrida eng ko‘p tanlangan ismlar ro‘yxatida Muhammad ismi ikkinchi o‘rinni egalladi.