Bermud uchburchagida yangi anomaliyalar aniqlandi

Tadqiqotchilar ko‘pchilikka samolyotlarning sirli yo‘qolishi sifatida ma’lum bo‘lgan akvatoriyaning g‘ayrioddiy xususiyati haqida aytishdi. Olimlar turli yillardagi ma’lumotlarni taqqoslab, Bermud uchburchagi zonasi joylashgan Sargasso dengizida bo‘ronlar har o‘n yilda kuchayib bormoqda, degan xulosaga kelishdi.

Xususan, tadqiqotchilar bir qarashda g‘alati tuyulgan xususiyatni kashf etishdi: Bermuddan 100 kilometr radiusda o‘rtacha maksimal bo‘ron shamoli tezligi soatiga 56 dan 117 kilometrgacha oshgan. Gap 1955-2019 yillar haqida bormoqda. Bu har o‘n yilda shamol tezligi soatiga 10 kilometr oshgan demakdir.

O‘zgarishlar Bermud uchburchagi zonasining isishi bilan bog‘liq. Dengiz yuzasidagi yuqori harorat yana kuchliroq tropik siklonlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, garchi ilgari bu juda muhim rol o‘ynamasligiga ishonilgan bo‘lsa-da, bo‘ronning paydo bo‘lishiga dengiz tubidagi harorat ham ta’sir qiladi.

Tropik siklonlar iliq va nam havoning yuqoriga ko‘tarilishi, suv bug‘ining yomg‘ir shaklida kondensatsiyalanishi va bu jarayonda olinadigan quruq havo pastga tushishi bois yuzaga keladi. Natijada yer usti suvlari soviydi, ammo chuqurlikdagi suvlar yetarlicha iliq bo‘lsa, u ko‘tarilib, bo‘ron paydo bo‘lish jarayonini davom ettiradi. Shu tufayli u yanada kuchayadi, deydi olimlar.

G.Xoldorova tayyorladi.