"Besh tashabbus olimpiadasi": Samarqandda stritbol bo‘yicha respublika musobaqasiga start berildi
Samarqand shahridagi sportning o‘yin turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida xotin-qizlar o‘rtasida stritbol bo‘yicha “V” liga bahslari boshlandi.
Musobaqada respublikamizning 14 hududidan kelgan 210 nafar qatnashchi uchta (16-21, 22-26, 27-30) yosh toifasida qatnashmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida viloyat sportni rivojlantirish, yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullari ishtirok etib, mazkur olimpiada mahalla yoshlari o‘rtasida ommalashib borayotgani va iqtidorli yoshlarning qobiliyatini namoyon etishida katta imkoniyat yaratayotganini takidladi.
Shundan so‘ng uchta yosh toifasida bahslar boshlandi.
Musobaqada har bir jamoada 3 nafardan xotin-qiz g‘oliblik uchun bahslashmoqda.
Bahslar 12 dekabr kuni yakunlanadi.