"Besh tashabbus olimpiadasi": Samarqandlik sportchilar respublikada yettinchi o‘rinni egalladi

2024 yilda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iste’dodli yoshlarni kashf qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida navbatdagi tanlov va sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu mavsumda sportning 12 ta turidan (yengil atletika, stol tennisi, shashka, shaxmat, futbol, mini-futbol, voleybol, stritbol, milliy kurash, gimnastrada, armrestling va vorkaut) va 5 ta parasport turidan (para yengil atletika, para stol tennisi, aravachada stol tennisi, para shaxmat va para shashka) bo‘yicha 5 bosqichli sport musobaqalari tashkil etildi.

2024 yil 15 sentyabrdan gandbol buyicha uch bosqichli “O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi kubogi” uchun musobaqalariga start berildi.

Musobaqalar 13 ta sport turidan viloyatdagi 1126 ta mahallada istiqomat qilayotgan 10-30 yoshdagi 1278202 nafar yoshlardan 5tashabbus.uz platformasidan 769 607 nafari (60 foiz) ro‘yxatdan o‘tib, 680 566 nafari (88 foiz) sport musobaqalarida ishtirok etdi.

Musobaqa nizomiga muvofiq, sentyabr oyida maktab o‘quvchilari, professional ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ham musobaqalar yuqori saviyada tashkil etildi.

Ushbu musobaqalarda 10-30 yosh toifasida 769 ming 607 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, qariyb 90 foiz yoshlar ishtirok etdi.

2024 yilda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 27 yo‘nalish bo‘yicha tanlov va musobaqalarda samarqandlik yoshlar yettinchi o‘rinni egalladi.

14-30 yosh toifasida o‘tkazilgan musobaqalarda vakillarimiz 11 ta oltin, 10 ta kumush, 9 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Narpay tumani yoshlari respublika bo‘yicha 9,9 million nafar mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan ommaviy sport musobaqalarining A, B, C ligasida 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan viloyatda eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.

Shuhrat Ro‘ziyev.