Bevosita muloqot-muammolar yechimi
Jomboy tumanida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Shodiyor Ahmedov o‘tkazgan sayyor qabulda tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar turli ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning ishga joylashish, toza ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, salomatlikni tiklash hamda uy-joyni ta’mirlash, moddiy yordam kabi masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Tadbir doirasida ehtiyojmand kishilarning 6 nafari nogironlik tayanch aravachasi bilan ta’minlandi. “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Burxon Do‘stmurodov 5 yildan buyon nogironlik aravachasiga muhtoj edi. Nogironlik aravachasi fuqaroning uyiga olib borildi.
-Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan rahbarlarning pastga tushib muammolarimizni tinglashi murojaatlarning tez yechim topishini ta’minlamoqda – deydi Burxon Do‘stmurodov. - Biz kabi nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan e’tibordan boshimiz osmonda.
Sayyor qabulda kelib tushgan barcha masalalar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullar biriktirildi.
Davron Ravshanov.