Bir barrel uchun 60 dollar - bir sent ham ko‘p emas: Rossiya neft narxining shift chegarasi kuchga kirdi

G‘arb davlatlari tomonidan dengizdan yetkaziluvchi bir barrel Rossiya neftini 60 dollargacha cheklash kuchga kirdi, o‘sha limit, biroq neft mahsulotlari uchun kelasi yilning 5 fevralidan joriy etiladi.

Bu qaror Yevropa Ittifoqi, G7 davlatlari va Avstraliya tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Biroq Ukraina va Rossiya tomonidan salbiy munosabatga sabab bo‘ldi. Ukraina bir barrel uchun 30 dollar chegarasida turib olgan bo‘lsa, Rossiya yetkazib berishni butunlay to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda.

Biroq, FT ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva ushbu sanksiyalarni qo‘llagan davlatlardan tashqarida sotishni davom ettirish uchun Venesuela va Erondan sotib olingan eski tankerlar flotini tayyorlagan.

Mutaxassislarning fikricha, cheklovlar joriy qilinganidan keyin neftning jahon bozorida narxi bugungi kunda bir barrel uchun taxminan 65 dollardan keskin oshishi mumkin. Bu OPEK+ davlatlarining kelgusi yil oxirigacha ishlab chiqarishni kuniga 2 million barrelga qisqartirishni davom ettirish qarori bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, cheklangan narx Xitoy va Hindiston kabi Osiyodagi yirik xaridorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi dargumon.

Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili xom neft va neft mahsulotlari Rossiya tovarlari eksportining 37 foizini tashkil etgan.