Bir daqiqadan kamroq: dunyodagi eng qisqa parvoz

Dunyoda juda ko‘p noodatiy uchib o‘tish marshrutlari bor, lekin ulardan faqat bittasi bir daqiqadan kamroq davom etadi.

Shotlandiyaning Uestrey va Papa Ustrey orollari o‘rtasidagi parvoz “Ginnesning rekordlar kitobi”ga eng qisqa muddatli reys sifatida kiritilgan. Vikipediyaga ko‘ra, orollar orasidagi masofa bor-yo‘g‘i 1,7 milya (2.74 kilometr), parvoz davomiyligi esa taxminan 1,5-2 daqiqaga teng. Haqiqiy parvoz vaqti, shamolga qarab, undan ham qisqaroq 53 soniyagacha bo‘lishi mumkin.
“Loganair” kompaniyasi tomonidan orollarga muntazam qatnaydigan yo‘lovchilar uchun amalga oshiriladigan ushbu reysda foydalaniladigan samolyot vaqtining muhim qismini parvozning o‘ziga emas, balki ko‘tarilish va qo‘nish bag‘ishlagan holda bosib o‘tadi.
Shu tarzda eng qisqa tijoriy reys g‘ayrioddiy aviasayohat qilishni istagan sayyohlarni o‘ziga jalb qilib keladi.