Bir guruh jurnalistlar Sharof Boshbekov xonadonida bo‘ldi

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov hamda bir guruh jurnalistlar taniqli muharrir va dramaturg Sharof Boshbekovning xonadoniga bordi.
Sharof Boshbekov “Temir xotin”, “Tushov uzgan tulporlar”, “Tikansiz tipratikonlar”, “Tentak farishtalar”, “Eski shahar gavroshlari” kabi bir qancha pesalar yozgan, o‘nga yaqin badiiy filmlarning kinossenariy muallifi. “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?” kabi dramatik asarlaridan iborat kitobi chop etilgan.
Sharof Boshbekov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
Ma’lumki, Sharof Boshbekov uzoq yillardan beri xastalik bilan kurashib kelmoqda. Uyushma raisi ustozning uzoq yillik samarali faoliyatini e’tirof etib, jurnalistlar nomidan ehtirom ko‘rsatildi.