Bir guruh shifokorlar Turkiyadan O‘zbekistonga yo‘l oldi

Bugun Turkiyadan 16 nafar tajribali mutaxassislardan iborat tibbiy guruh koronavirusga qarshi kurashda yurtimiz mutaxassislari bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish va tajriba almashish uchun mamlakatimizga tashrif buyuradi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Turkiyalik tibbiyot xodimlarining tashrif davomida yurtimiz shifokorlari bilan birgalikda viloyat va shaharlardagi ixtisoslashgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishishi, kornovirusga chalingan bemorlarni davolashda faol ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.