Bir oyda iste’molchilar tomonidan 46 mlrd. so‘mdan ortiq tabiiy gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilingan
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, avgust oyida 785 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Bunda 29 mln. metr kub tabiiy gaz (26 mlrd. 297 mln. so‘m) va 38,9 mln. kVt⋅soat elektr energiyasi (19 mlrd. 932 mln. so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida tizimga keltirilgan 46 mlrd. 229 mln. so‘m zarar undirishga qaratilgan.
Vazirlikka ko‘ra, noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Andijon, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.