Birinchi Prezidentimiz faoliyati haqidagi maqolalar saralandi
Unda Xalqaro press-klub rahbari Sh.Qudratxo‘jayev, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi F.Toshev, viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari M.Ibodullayev bosma nashrlarda Davlat va hududiy dasturlar ijrosini yoritishda tahlil va taqqosga e’tibor qaratish, bunda har bir hudud bo‘yicha loyiha manzillarining aniqligi, loyiha doirasida ishga tushirilishi rejalashtirilgan korxona muddati, talab etiladigan umumiy mablag‘ miqdori, ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan mahsulotlar yo‘nalishi, turi, yaratiladigan yangi ish o‘rinlari haqida sodda usulda xalqqa yetkazish haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, har bir gazetaning internet saytlarida axborotlar joylashtirilishi, yangiliklarning qisqa matnlarda yoritilishi xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Karimov hayot va faoliyati bilan bog‘liq “Islom Karimov haqida xotiralar” maqolalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri ham o‘tkazildi.
Tanlovda 35 nafar ishtirokchidan kelgan ijodiy ishlar hay’at a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi va baholandi. Unga ko‘ra, ishtirokchilarning 14 nafari tanlov g‘olib va sovrindorlari bo‘lishdi.
Quyida g‘olib va sovrindorlar bilan tanishasiz:
Birinchi o‘rin: Akbar Imomov – Jomboy tumanidan, tibbiyot fanlari doktori.
Ikkinchi o‘rin: Oygul Mamatova – Oqdaryo tumanidan, matbuot faxriysi.
Ikkinchi o‘rin: Amrillo Ahmedov – Samarqand shahridan, matbuot faxriysi.
Uchinchi o‘rin: Gulmira Halimova – Samarqand shahridan, o‘qituvchi.
Uchinchi o‘rin: Oblaqul Usmonqulov – Samarqand shahridan, matbuot faxriysi.
Rag‘batlantiruvchi mukofot:
Xolboy Qosimov – Bulung‘ur tumanidan, ma’naviyat targ‘ibotchisi.
Normo‘min Usmonov – Qo‘shrobot tumanidan, mehnat faxriysi.
Aziza Boymurodova – Kattaqo‘rg‘on tumanidan, o‘qituvchi.
“Tanlovda ishtirok etganligi uchun” qo‘shimcha nominatsiyalari bo‘yicha:
Izzatulla Norquvvatov – Paxtachi tumanidan, jurnalist.
Karimberdi To‘ramurodov – Samarqand shahridan, jurnalist.
Ubaydulla Turdiyev – Ishtixon tumanidan, mehnat faxriysi.
G‘ulom Rajabov – Kattaqo‘rg‘on shahridan, harbiy.
Alisher Toirov – Samarqand shahridan, o‘qituvchi.
Abduhoshim Ziyodov – Narpay tumanidan, jurnalist.
Husan ELTOYeV.