Birlashgan qirollikka darz ketmoqda
London jahondagi turli mamlakatlarda yaxlitlikni saqlash harakatini qo‘llab-quvvatlashga ozmuncha kuch sarflamadi. Bugun esa Buyuk Britaniyaning o‘zi parchalanish bo‘sag‘asida turibdi, deb yozadi “Mir Novostey” (2021 y, 10-son).
Mahalliy televideniye so‘nggi so‘rovi shov-shuvli natija berdi. Uelsning 40 foiz aholisi o‘z mamlakatini qirollikdan chiqishiga erishmoqchi. Ko‘pchilik uelsliklarning tarixan ular alohida millatligi va umuman Britaniyaning boshqa aholisidan ko‘p narsalar farqlab turishiga ishonchlari komil. Boshqalar esa mustaqillikda yaxshiroq yashashlaridan umidvor. So‘ralganlarning o‘ndan to‘rt qismi markaziy hukumat pandemiyaga qarshi kurashni eplolmaganidan norozi. 37 foiz aholi Londonning qonunchiligiga nisbatan Uels parlamentiga ko‘proq ishonishini bildirgan.
Uelsning ajralish tendensiyasi kundan-kun kuchaymoqda, bunda Shotlandiyaning shu yil o‘tkazilishi kutilayotgan referendiumi burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin. Hozirda bu masalada Shotlandiyada mahalliy rahbarlar o‘rtasida keskin ziddiyatlar vujudga kelgan. Shunga qaramasdan, 53 foiz shotlandiyaliklar mustaqillik tarafdori.
Buyuk Britaniya tarixida hech qachon Uels mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash bunchalik yuqori bo‘lmagandi. Ekspertlarning fikricha, 2025 yilda Shotlandiya mustaqillikka erishadi. Undan keyin Shimoliy Irlandiya Irlandiya Respublikasi bilan qo‘shilishi uchun bosh ko‘taradi. Turgan gap, London ularni shundoq osongina qo‘yib yubormoqchi emas. Britaniya yetakchi siyosiy partiyasi mamlakat yaxlitligini saqlab qolishi uchun barcha targ‘ibot-tashviqot, maxsus xizmat mahkamalari resurslarini erksevar yetakchilarni “tanobini tortib” qo‘yishga qaratmoqda.
T.Shomurodov tayyorladi.