Narpayda bitta “tadbirkor” tomonidan 300 ming xonadonning bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

18 noyabr kuni Energetika vazirligi, “O‘zneftgazinspeksiya” va “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali xodimlari hamkorlikda Samarqandda tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda Narpay tumani, “Tepa” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “OQTOSH DIYORBEK NUR” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining tabiiy gazdan foydalanish holati nazorat qilindi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirida gaz hisoblash uskunasidan tashqari AGTKSh hududidan o‘tuvchi “Oromgoh” kichik sanoat zonasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi kesimi - 159 mm.li gaz tarmog‘iga yashirincha o‘zboshimchalik bilan ulanib tabiiy gazdan foydalanayotganlik holati ma’lum bo‘ldi.

Ushbu noqonuniy holat bo‘yicha dastlabki hisoblangan gaz hajmi 5 million 424,0 ming metr kub, yetkazilgan zarar miqdori 5 milliard 424,0 million so‘mni tashkil etgan.

Mazkur hajmdagi tabiiy gaz 300 ming xonadonning bir kunlik iste’molini tashkil qiladi.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan noqonuniy holat bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.