“Biz – giyohvandlikka qarshimiz!”

Samarqand davlat chet tillari instituti hamda TATU Samarqand filialida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi” doirasida shu mavzuda tadbir tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi hamda viloyat hokimligi huzuridagi narkotik moddalarini nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirlarda viloyatimiz hududida narkotik vositalarini tarqatish, sotish va iste’mol qilish holatlarining oldini olish, narkotik moddalarning zarari hamda bu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar oqibatlarini tushuntirish haqida gap bordi.

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish borasida tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda, – deydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi yetakchi eksperti Nabi Jo‘rayev. – Shuningdek, viloyat Narkotik moddolarni nazorat kilish mintakaviy komissiyasi tomonidan giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik va huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanma savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlarda ko‘rgazmali vositalar yordamida “zahri qotil”ning qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ma’lumot berilmoqda. Bugungi tadbir ham shunday harakatlarimiz davomi bo‘lib, yoshlarning giyohvandlik moddalari savdosi-yu iste’moliga qarshi faolligini oshirishdan iborat.

Tadbirlarda giyohvandlik oqibatlari haqida videofilm namoyish etildi.