Biz yil, oy yoki haftaning qay vaqtida yaxshi ishlaymiz?

“Priceonomics Redbooth” mutaxassislar loyihalarini boshqarish kompaniyasi ma’lumotlarni tahlil qilib, xodimlar qachon haqiqatan ham “jon kuydirib” ishlashini aniqladi. Ma’lumotlardan foydalanib, ular kunning qaysi vaqtida odamlar eng ko‘p vazifalarni bajarishlarini bilib oldilar?

 Ish yilingizni qanday o‘tkazdingiz? Hisob-kitob qilish vaqti keldi

Mutaxassislar har bir insonning ish unumdorligi kun davomida vaqti-vaqti bilan ham ko‘tarilib, ham pasayib turishini alohida ta’kidlashdi. Xo‘sh, yil davomida qaysi oylar va haftaning qaysi kunlaridagi soatlar eng samarali hisoblanar ekan?

Kunning qaysi vaqtida eng ko‘p vazifalar bajariladi?

Jadvalda ko‘rib turganimizdek, ertalab soat 7:00 dan  ish boshlagan odamlar ish faoliyati nihoyatda faollashgan. Shunday bo‘lsa-da, eng ko‘p topshiriqlar bajariladigan vaqt soat 11:00 deb e’tirof etildi. Tushlikdan so‘ng, soat 16:00 dan keyin (ish tugash vaqti) unumdorlik keskin pasayib ketadi.

Eng ko‘p vazifalar haftaning qaysi kunida bajariladi?

Diagramma eng samarali vaqt - ish haftasining boshlanishi, dushanba kunini ko‘rsatmoqda.

Ko‘pincha biz o‘zimiga topshirilgan vazifalarni hafta boshida, dushanba (20,4 foiz) va seshanba (20,2 foiz) kunlari bajarar ekanmiz. Faollik hafta oxiriga borib pasayadi. Juma kunlari topshiriqlarning atigi 16,7 foizi bajarilar ekan. Dam olish kunlarida deyarli hech narsa qilmaymiz (shanba va yakshanba, 4,7 foiz).

Eng ko‘p vazifalar qaysi oyda bajariladi?

Mahsuldorligimiz nafaqat haftaning kuniga, balki yil fasliga ham qarab o‘zgarar ekan. Yuqorida ko‘rib turganingizdek, yilning so‘nggi – sentyabr (8,8 foiz), oktyabr (9,5 foiz) va noyabr (9 foiz) oylarida yanvar va fevral oylaridan ko‘ra ko‘proq vazifalarni bajardik. Buning sababi yil boshida, qoida tariqasida, maqsadlar endigina belgilanadi va yil oxiriga kelib biz ularni amalga oshirishga harakat qilamiz. “Yilni yaxshi boshlab olishi” rejalashtirilgan yanvar oyida maqsadlarga qaramay, vazifalar bajarilishining eng past ko‘rsatkichi (7,2 foiz) kuzatildi.  Umuman, qish fasli yilning eng kam mahsuldor (22,8 foiz) davri deb e’tirof qilindi.

Demak, biz ishonch bilan ishlar, topshiriqlar, vazifalar bajarilishidaeng sermahsul kun dushanba soat 11, eng samarali oy oktyabr va eng unumdor vaqt kuz fasli deb, aytishimiz mumkin ekan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.