Bizda 2024, yahudiylarda 5783, Koreyada 112, Xitoyda 4721 yil. Dunyoda yana qanaqa yil hisoblari bor?
Tasavvur qiling-a, siz kelajakdagi odamni uchratdingiz, mabodo u: "Hozir qaysi yil?" deb so‘rasa, darhol javob berishga shoshilmang. Avval, aniqlang: uni qaysi mamlakat vaqti qiziqtiradi? Hozir bizda 2024 yil bo‘lsa, xitoyliklar shu yilning yanvarida 4721 yilni nishonlashdi. Dunyoda yana boshqa taqvimlar ham bor.
Yaponiya
Yaponiyada Grigorian taqvim bilan bir qatorda yangi imperator taxtga o‘tirgan paytdan boshlangan yil hisobidan foydalaniladi. Imperator Naruxito 2019 yil 1 mayda taxt boshiga keldi, demak bugungi kunda Yaponiyada bor-yo‘g‘i to‘rtinchi yil.
Tayvan
Tayvanda ham Grigorian kalendari yuritiladi. Biroq, rasmiy hujjatlarni tayyorlashda 1912 yilda respublika tashkil etilgan kundan boshlangan mahalliy hisob-kitoblardan foydalaniladi. Unga ko‘ra, bugun u yerda 112 yil.
Shimoliy Koreya
KXDRda ham hozir 112 yil. Shimoliy Koreyaning "chuchxe taqvimi" ga ko‘ra, bu sanani Kim Chen In o‘z xalqiga 2024 yil o‘rniga olib keldi. Haqiqatda mamlakatda yil hisobi 1912 yildan boshlangan. Pxenyan yangi taqvimni faqat 1997 yilda qabul qildi. 1912 yildan boshlab hisoblash g‘oyasi esa hukmdor Kim Ir Senning tug‘ilgan kuni bilan bog‘liq.
Afg‘oniston va Eron
Hozir bu ikki davlatda 1401 yil. Eron va Afg‘onistondagi yillar hisobi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning Makkadan Madinaga "ko‘chib kelgan" kunidan boshlanadi. Amalda esa yaratuvchilaridan biri faylasuf va shoir Umar Xayyom bo‘lgan astronomik va quyosh kalendaridan foydalaniladi.
Hindiston
Bu ko‘p millatli va ko‘p madaniyatli mamlakatda hozir 1943 yil. Bu yerdagi taqvim eng qadimgi xronologiyaga asoslanib – eramizning taxminan 78 yilida sodir bo‘lgan Ariy shohi vafot etgan davrda boshlangan "Shalivahana davri" yoki "Shalivahana-Shaka" nomi bilan tanilgan tizimga asoslangan.
Efiopiya
Butun Afrikadagi bu yagona pravoslav mamlakatda hozir 2016 yil. Efiopiya Iskandariya taqvimidan foydalanadi. Yilda 13 (30 kundan iborat 12 va besh-olti kun davom etadigan bir) oy bor. Sutkalar erta tongda boshlanadi. Enkutatash nomi bilan ham tanilgan Yangi yil bayrami bu yerda 11 sentyabrda, agar kabisa yili bo‘lsa, 12 sentyabrda nishonlanadi. Efiopiya taqvimi bizning kalendarimizdan yetti-sakkiz yil orqada yuradi.
Xitoy
Oy taqvimidan foydalanadigan Xitoyda hozir 4721 yil. Xitoyda yillar imperator Sin Shi Huang-Di hokimiyatga kelganidan boshlab hisoblanadi. Tabiiyki, bu yerda vaqtni hisoblash miloddan avvalgi ikki ming yillarda boshlangan.
Isroil
Isroilda rasmiy ravishda ikkita kalendar ishlaydi. Ibroniy taqvimi bo‘yicha u yerda hozir 5782, Grigorian kalendar bo‘yicha 2024 yil. Mamlakatda sobiq SSSR va Yevropa davlatlaridan ko‘plab muhojirlar bor, shuning uchun bu qaror to‘liq oqlanadi. Odatda yahudiy kalendariga ko‘ra, barcha bayramlar - ham davlat bayramlari, ham tug‘ilgan kunlar nishonlanadi.
Isroilda kunlar oyga qarab hisoblanadi, ya’ni har yangi chiqqan oy kunida yangi oy boshlanadi. Bir soat esa 1080 qismdan iborat.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.