Bloger Dima Qayum bilan bog‘liq holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari boshlandi

2019 yilning 16 oktyabr kuni Telegram messenjerining bir nechta kanallarida «Bloger Dima Qayumga nisbatan kecha Rishtonda uyushtirilgan samosud holati» yuzasidan xabarlar tarqalgan edi. IIV axborot xizmati ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yil 15 sentyabr kuni Dima Qayum taxallusi ostida blogerlik qilayotgan shaxsning Rishton tumani IIBga qilgan murojaati ro‘yxatga olingan. Hozirda Rishton tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tomonidan holatda ishtirok etgan ayollar bilan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha bloger Dima Qayum "samosud"ga uchragani va deputat Nuriddin Zaynitdinovning ushbu uyushtirilgan samosud bo‘yicha bildirgan munosabatini haqida xabar bergan edik.