Bloomberg nashri tarixdagi eng boy odam nomini e’lon qildi

Bloomberg Businessweek nashri tahlilchilari tarixda o‘tgan boylarning mablag‘larini zamonaviy milliaderlar mablag‘lari bilan solishtirib tarixda dunyoning eng boy odami kim bo‘lganini aniqladilar.

Bugungi kunda dunyoning eng boy odami Amazon korporatsiyasi egasi Jeffa Bezos bo‘lib turibdi. Uning umumiy boyligi 117 mlrd dollarga yetgan.

Ammo, tarixda "dollarda birinchi milliader" nomi bilan tanilgan Jon Rokfellarning o‘sha paytda jamg‘argan puli hozirgi holatda hisoblanganda u Bezosdan bir necha barobar ko‘p jamg‘argan bo‘lar ekan.

Jon Rokfeller 1937 yil, vafotigacha jami 1.5 mlrd dollar mablag‘ jamg‘argan. O‘sha mablag‘ bugungi kundagi kursda 26 mlrd dollar bo‘lar edi.

Agar hisob-kitobni mamlakat YaIM hajmiga ko‘ra oladigan bo‘lsak, o‘shanda Jon Rokfellar jamg‘argan 1.5 mlrd dollar AQSh YaIMning 1.6% tashkil etgan. O‘shanda AQShning YaIM hajmi 331 mlrd dollar bo‘lgan.

Shundan kelib chiqsak Jon Rokfellar Bezosdan bir necha barobar boy hisoblanadi.

Shuning uchun ham nafaqat Bloomberg , balki boshqa aksariyat reyting idoralari yakka shaxslar hisobga olinganda Jon Rokfellarni insoniyat tarixidagi eng boy odam deb e’lon qilishgan.