Boj to‘lashdan shartli ozod etiladigan tovarlar ro‘yxati to‘ldirildi

Tadbikorlarimizga yanada qulaylik yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 23 may kuni 322-son qaror bilan bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etish, ozod etish shartlari, shuningdek, imtiyozlarning amal qilish muddatlari qo‘llaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovarlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi.

📝 Unga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika va texnologik uskunalar bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etiladi.

✅ Maxsus texnika va texnologik uskunalardan ko‘rsatilgan loyihalar doirasidan tashqarida foydalanganlik holati aniqlanganda, bojxona to‘lovlari belgilangan tartibda undiriladi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axboroti xizmati.