“Bojxona malikalari” - bilimli, zukko, chaqqon, jangovar tayyorgarlikka ega qizlar

Samarqand shahrida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Davlat bojxona organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Bojxona malikalari” respublika ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlari bojxona boshqarmalaridan 1 nafardan ayol xodim tanishtiruv, jangovar shaylik, qisqa savol-javob, pazandalik va erkin mavzu shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Tanlov natijasiga ko‘ra, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti katta inspektori Dilrabo Azizova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning final bosqichiga yo‘llanma oldi.