Bojxona nazorati ostidagi dizel yoqilg‘isi ishlatib yuborilganligi holati aniqlandi
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda “Ulug‘bek” TIF bojxona posti tomonidan bojxona tartib-tamoyillarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishga barham berildi.
Viloyatda faoliyat yuritayotgan korxona tomonidan Qozog‘iston davlatidan og‘irli 308 405 kg, qiymati 157 746 AQSh dollariga dizel yoqilg‘isi olib kelinib, “Bojxona ombori” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.
Bojxona xodimlari tomonidan tovarning omborda saqlanganlik holati inventarizatsiyadan o‘tkazilganda, og‘irligi 56 903 kg, qiymati 36 986,95 AQSh dollariga teng bo‘lgan dizel yoqilg‘isi bojxona organlari ruxsatisiz ishlatib yuborganligi aniqlanib, qiymati 147 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deya xabar bermoqda viloyat bojxona boshqarmasi.