Bokschilarimiz Osiyoda tengsiz ekanini ko‘rsatib qo‘yishdi
Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi, deya xabar berdi Milliy olipiya qo‘mitasi axborot xizmati.
Kecha, 31 may kuni erkaklar o‘rtasida final janglari o‘tkazildi.
10 vazn toifasidan 7 tasida hamyurtlarimiz qit’a chempionligi uchun bahs olib bordi. Ularning 6 nafari terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni taqdim qildi. Markaziy jang +91 kilogramm vazn toifasida Bahodir Jalolov va Kamshibek Konkabayev o‘rtasida kechdi. Jang davomida to‘liq ustunlik qilgan Bahodir yakunda yana bir g‘alabani tantana qildi.
Shuningdek, -49 kilogramm vaznda: Nodirjon Mirzaahmedov – Daniyal Sabit (Qozog‘iston) 5:0;
-52 kilogramm vaznda: Shahobiddin Zoirov – Amit (Hindiston) 3:2;
-56 kilogramm vaznda: Mirazizbek Mirzaxalilov – Xarku Enx-Amar (Mo‘g‘uliston) 2:3;
-69 kilogramm vaznda: Bobousmon Baturov – Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston) 3:2;
-75 kilogramm vaznda: Saidjamshid Ja’farov – Abilxan Amankul (Qozog‘iston) 4:1;
-81 kilogramm vaznda: Dilshodbek Ro‘zmetov – Meysam Geshlagi (Eron) 3:2;
+91 kilogramm: Bahodir Jalolov – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) 5:0.
Shu tariqa bokschi yigitlarimiz o‘z yo‘nalishlarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Erkaklar jamoamiz ushbu chempionatni 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza - jami 10 ta medal bilan yakunladi.