Bola o‘g‘irlashga urinish holati yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 260-maktab atrofida bola o‘g‘irlashga urinish holati haqidagi ma’lumotlar tarqatildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21 oktyabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 260-maktab tashqarisida, taxminan soat 13.10 da bola o‘g‘irlashga urinish ro‘y bergan. Maktab o‘quvchilariga hech qanday ziyon yetmagan.
"Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. Ushbu voqea yuzasidan yakuniy ma’lumot surishtiruv ishlari tugagach taqdim etiladi", deyilgan XTV matubot xizmati xabarida.
Shuningdek, barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xavfsizligi uchun kerakli choralar ko‘rilishi, ota-onalardan farzandlarini maktabdan uyga yetib olishini nazoratga olishlari so‘ralgan.