Bolalarning olov bilan o‘ynashi oqibatida uy yonib ketdi

Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 11 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 5 tasi qurigan o‘simlik va chiqindilarni yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarni tashkil etmoqda.

Yong‘inlarda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi.

2019 yil 19 iyul kuni soat 12:56da, Yunusobod tumani, Yuqori Salar 7-tor ko‘chasi 14-uyning tom qismi 70 kv.m maydonda yongan.

Yong‘indan uyning 30 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 13:06da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 13:15da qurshab olinib, soat 13:25da bartaraf etilgan.

Yong‘in bolalarni olov bilan o‘ynashi oqibatida sodir bo‘lgan deb, taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Shuni kuni  soat 13:28da, Yunusobod tumani, Iftixor 7-tor ko‘chasi 5-uyning tom qismi 90 kv.m maydonda yongan.

Yong‘indan uyning 50 kv.m maydoni saqlab qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 13:31da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 13:38da qurshab olinib, soat 13:47da bartaraf etilgan.

Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan deb, taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.