Bo‘lgan voqea: "Berganing ozligidan uyalma, umuman bermaslik ozdir"

Misr davlatining teleko‘rsatuvlaridan birida bir xayriya aksiyasi e’lon qilindi. Unda bir bemorning salomatligini tiklash uchun 150 ming AQSh dollari zarurligi aytilib, ko‘ngillilardan yordam so‘raldi va hisob kartasi raqamlari havola qilindi.

Odamlar darrov tashabbus ko‘rsatib, hisob raqamiga pullar o‘tkazishni boshlab yuborishdi. Ularning ko‘plari katta tadbirkorlar edi. Bu orada boshqa ko‘plab insonlar televideniye bilan bog‘lanib, holat yuzasidan so‘rab turishdi.

Xech qancha vaqt o‘tmay 850 ming junayx pul yig‘ildi. Lekin e’tiborlisi bu emas.

Gap shundaki, pul yig‘ish jarayonida bir kishi 2 dollar pul jo‘natdi. Bu Misr puliga 15 junayx degani edi. Ko‘plar katta miqdorda pul o‘tkazayotganda bunchalik oz pul o‘tkazish juda g‘alati edi. Bundan ajablangan teleboshlovchi shu pulni jo‘natgan kishi haqida surishtirib, uning telefon raqamini topdi. Ushbu ishning tafsilotini so‘rash uchun unga qo‘ng‘iroq qildi. U yosh yigit ekan va savolga shunday javob berdi:

- Ha, bu juda oz pul. Lekin u oylik daromadimning yarmi edi. Ali roziyallohu anhu: "Berganing ozligidan uyalma, umuman bermaslik undan ham ozdir", deganlar. Myen yordam qo‘lini cho‘zishni istadim, befarq bo‘la olmadim".

Bu jonli ko‘rsatuv juda ta’sirli edi. Tyelefondagi muloqotdan esa tomoshabinlarning ham qalbi junbushga keldi.

Hali pul yig‘ish jarayoni davom etar edi. Shu vaqt teleboshlovchi navbatdagi qo‘ng‘iroqni qabul qildi. Bu galgi kishi ushbu xayriya aksiyasida qatnashmoqchiligini va 8 ming dollar ajratganini, uning 4 mingi bemorga, qolgan 4 mingi haligi ikki dollar jo‘natgan yigitga ekanini aytdi. Keyin yana boshqasi telefon qilib, 5 ming dollar o‘tkazishini, uning yarmi bemorga, yarmi esa haligi yigitga, dedi. Ko‘rsatuv so‘ngigacha operatsiya uchun istalgan mablag‘ to‘liq yig‘ildi. Unga qo‘shimcha boyagi yigitga ham ancha pul o‘tkazildi.

Endi voqea yanada qiziq tus oldi. Tyeleboshlovchi kelasi ko‘rsatuvga shu yigit taklif qilinishini e’lon qildi. Yigit taklifni qabul qilib, ko‘rsatuvga tashrif buyurdi. U oddiy bir oiladan chiqqan yigit ekan. Ish joyi haqida so‘rashgan edi u ayni vaqtda ishsiz ekanini, oldinroq bir joyda ishlagani, lekin yo‘lkiraning qimmatligidan u yerdan ketganini aytdi. Jonli efirda uzatilayotgan bu ko‘rsatuvga har xil tashkilotlardan qo‘ng‘iroq qilib yigitga ish taklif qila boshlashdi. Yigit ulardan birini qabul qildi. Bu u uchun juda yaxshi taklif edi. Shu bilan yigit ko‘rsatuv nihoyasiga yetmasidanoq rasmiy ravishda ishga qabul qilindi.

Teleboshlovchi Hadisda yozilgan "Ey odam bolasi, sen bergin, senga ham beriladi", degan gap bilan ko‘rsatuvga yakun yasadi.

Manba