Boltiq tubidagi kimyoviy qurol Yevropani halok qilishi mumkin
Ekspertlarning hisobiga ko‘ra, Boltiq dengizi tubida Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida nemislardan qolgan 302 ming tonna jangovar zaharli moddalar yotibdi. Adamsit, Lyuizit, iprit, zarin va zamindan iborat bu kimyoviy zahar sizib chiqadigan bo‘lsa 200 milliondan ko‘proq Boltiqbo‘yida yashovchilarni yostig‘ini quritadi.
Bu birinchi ogohlantirish emas, 1997 yilda «Dengiz ekologik xalqaro patruli», shved porti Lyusechilda zaharli moddalarning tabiiy to‘plamini aniqlagan edi. Gap shundaki, ittifoqdoshlar aviatsiyasi Germaniya hududidagi «mudroq o‘lim» omborlarini bombardimon qilishmagandi, omborlar va ulardagi kimyoviy qurollar to‘lig‘icha ozodlik armiyalari ixtiyorida qoldirilgan edi. Ularni yo‘q qilish mutlaqo maxfiy ravishda 1947 yil 31 dekabrgacha belgilangan edi. Har bir davlat o‘ziga tegishli hududdagi omborlarni yo‘q qilish majburiyatini olgandi.
Potstamda to‘rtta davlat – AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va SSSR ushbu hujjatni imzolagan edi. Har bir tomon o‘zi bosib olgan, hududdagi jangovar qurolni yo‘q qilish uchun javobgar edi.
Amerikalik va inglizlarga 60 ming tonna zaharli modda tegdi. Ular zaharli moddalarni bochkalar va eski nemis idishlarida Atlantikaning biror chuqur joyida cho‘ktirishga qaror qilishadi. Biroq ob-havo sharoiti bunga imkon bermaydi. Xavfli o‘ljani Boltiq dengizida Skogarrak va Kattegat ko‘rfazlariga «dafn» etishga qaror qilinadi.
Cho‘ktirilgan kimyoviy qurollardan eng xavflisi iprit hisoblanadi, u Boltiqbo‘yidagi «ajal gazi»ning 80 foizini tashkil qiladi. Iprit – zaharli gaz Germaniyada ixtiro qilingan. Birinchi jahon urushida Belgiyaning Ipr shahri aholisini qirishda ishlatilgan. Gazning nomi ham shundan. Iprit gazi darhol o‘pkani shishirib, o‘limga olib keladi.
Boltiq hududini Gitlerning «ajal quroli»dan qutqarish uchun 76 yil ilgaridagidek butun jahon birgalikda harakat qilishi kerak, deb yozadi «Mir novostey» (2021 y, 24-son) gazetasi.
T.Shomurodov tayyorladi.