Borrel: Rossiya Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasini butunlay yo‘q qilishga urinmoqda
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Xosep Borrelning aytishicha, Ukrainaning o‘qqa tutilishi Rossiyaning mamlakat fuqarolik infratuzilmasini butunlay yo‘q qilish niyatini yana bir bor ko‘rsatadi.
“Bugun oxirgi yomon xabar - Rossiya Zaporoje atom elektr stansiyasiga hujum qildi. U yana bir bor Ukraina elektr tarmog‘idan uzildi. Bizga ma’lumki, Kiyev aholisining 40 foizi elektrsiz, butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti tizimida ko‘plab qora tuynuklar mavjud. Bu Rossiya yana bir bor Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasini butunlay yo‘q qilishga urinayotganini ko‘rsatadi. Va shuning uchun biz Ukrainaga o‘zini himoya qilish yo‘llarini taqdim etishda davom etishimiz kerak”, — dedi Borrel Stokgolmda Tashqi ishlar va taraqqiyot kengashining norasmiy yig‘ilishi oldidan.
Bundan tashqari, uning aytishicha, uchrashuv kun tartibida Ukrainani tiklash, rekonstruksiyani moliyalashtirish va buning uchun xalqaro va Yevropa qonunchiligiga muvofiq muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish masalasi turibdi.
“Ikkala narsa birga ketadi. Kechagi muhokama va bugungi muhokamadan bitta maqsad bor: Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish va tiklash.Vazirlar Ukrainani qayta tiklashni qo‘llab-quvvatlash uchun safarbar qilishimiz mumkin bo‘lgan barcha yo‘l va vositalarni muhokama qiladilar”, deb tushuntirdi Borrel.