Bosh prokuratura Farg‘ona viloyati xokimi bo‘yicha surishtiruv boshladi

14 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb aytilayotgan audioyezuv tarqalgan edi.

Unda Shuhrat G‘aniyev 2 dekabr kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Quvada gaz yo‘qligiga norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sish voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan shaxsning «janozasi o‘qilmagani» uchun Quva tumani hokimini tergagan.

Bugun, 19 dekabr kuni Bosh prokuratura tomonidan internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 14 dekabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyevga mansubligi ta’kidlanib, tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilayotgani haqida ma’lum qilindi.

"O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qo‘shimcha bayonot beriladi", deyilgan bayonotda.