Boshqirdistonlik tadbirkorlar samarqandlik ishbilarmonlar bilan hamkorlik qiladi
- 12.02.2021 17:40
- 67
- Samarqand
Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Timur Hakimov rahbarligidagi delegatsiya Samarqandga keldi.
Delegatsiya a’zolariga viloyat hokimining o‘rinbosari O.Xodjayev hamrohlik qildi.
Dastlab Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida Boshqirdiston Respublikasi tadbirkorlik sub’yektlari va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida V2V formatida hamkorlik uchrashuvlari tashkil etildi. Unda tomonlarning o‘zaro imkoniyatlari, migratsiya masalasidagi jarayonlar o‘rganildi.
Hamkorlik uchrashuvlari davomida ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida kelgusida hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi.
Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi axborot xizmati.
Teglar:
Boshqirdiston