O‘zbekiston delegatsiyasi Boshqirdistonning o‘zbek diasporasi bilan migratsiya masalalarida hamkorlik kelishuvini imzoladi

Ayni paytda Rossiyada bo‘lib turgan Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqovning navbatdagi uchrashuvi  Boshqirdiston Respublikasidagi o‘zbek diasporasi rahbari Sardor Davletov bilan bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning mehnat migratsiyasi sohasida olib borayotgan siyosati, bu borada davlat rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar haqida ma’lumotlar berildi.

Muloqot yakunida Boshqirdistonning o‘zbek diasporasi bilan migratsiya masalalarida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kuni J.O‘roqov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Saratov viloyatidagi universitetlar vakillari bilan uchrashib, mintaqa universitetlarining Samarqand viloyatidagi  oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalarida istibolli kelishuvlarga ham erishdi.

Jumladan, kelishuvda Saratov universitetlari olimlari bilan Samarqand oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha maxsus dasturlarni shakllantirish, rus tilini o‘qitish bo‘yicha tajriba almashish kabi masalalar nazarda tutilgan.