172 nafar yurtdoshimiz ishlash uchun Koreyaga jo‘nab ketdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy davlatlar ish beruvchilari o‘rtasida pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilgan muzokaralar natijasida turli davlatlarda ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, ularga yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Shuningdek, Agentlik tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu davlatda ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib, O‘zbekistonga kelgan 23 nafar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasi, Yanggu okrugi administratsiyasi o‘rtasida tuzilgan kelishuvga asosan Ye-8 vizasi bo‘yicha 5 oylik mavsumiy ishlarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 149 nafar fuqaro Toshkent xalqaro aeroportidan charter reys orqali Koreya Respublikasiga ketdi.