Britaniya 300 nafar yoqilg‘i tashuvchi mashina haydovchilariga maxsus viza joriy etmoqchi
Harbiylar Buyuk Britaniyadagi yoqilg‘i inqiroziga qarshi kurashga kirishmoqda. Ular dushanbadan mamlakat benzin stansiyalariga benzin yetkazib berishni boshlaydi. Dam olish kunlari 200 askar safarbar qilindi va Buyuk Britaniyaning turli hududlariga joylashtirildi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, mamlakatda yoqilg‘i zaxiralari yuqori, ta’minot muammolari bosqichma-bosqich hal qilinmoqda.
"Kelgusi haftada safarbar etilgan harbiylar 200 dan ortiq bo‘ladi. Lekin bu hafta boshidayoq ishni boshlash uchun birinchi katta guruh safarbar qilinadi. Hafta oxirigacha ularga yana 60-70 kishi qo‘shiladi», deydi Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles.
Yoqilg‘i chakana savdo uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 30 sentyabr kuni holatiga Buyuk Britaniyadagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarining to‘rtdan birida benzin bo‘lmagan.
"Agar siz turli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida olti yoki yetti urinishda yoqilg‘i topsangiz, omadingiz keldi deyavering", deydi yonilg‘i quyish shoxobchasi mijozi.
Hukumat shuningdek, yaqin kunlarda chet ellik 300 nafar yoqilg‘i tashuvchi mashina haydovchilariga zudlik bilan mamlakatda kelasi yilning martigacha ishlash imkonini beruvchi maxsus viza berilishini aytdi.