Britaniyada havo kuchlarining yana bir bazasi jazirama tufayli ishdan chiqdi

Buyuk Britaniya havo kuchlarining yana bir bazasi g‘ayritabiiy issiq tufayli to‘xtadi, deya xabar bermoqda Sky News armiyadagi manbalarga tayanib.

O‘tgan hafta uchish-qo‘nish yo‘lagining yumshashi natijasida Linkolnshir grafligidagi «Kranuell» bazasi faoliyati to‘xtatilgani xabar qilingandi.

Dushanba kuni Oksfordshirdagi Briz Norton - qirollikdagi eng katta baza uchish-qo‘nish yo‘lagi Britaniyani qamragan jaziramaga dosh berolmadi. Manbaga ko‘ra, ertalab u yerda parvozlar to‘xtatilgan.

Aytilishicha, agar quyosh ta’sirida asfalt yuzasi yopishqoq bo‘lib qolsa, uchish-qo‘nish yo‘laklaridan foydalanish xavfli hisoblanadi.

Ob-havo prognozlariga ko‘ra, dushanba va seshanba kunlari termometrlar 40 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Mamlakat kuzatuvlar tarixidagi mutlaq rekord esa 2003 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, harorat +38,7 daraja bo‘lgan.